“Bunyodkor” ertaga oq rangli formada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2014, 10:44
“Bunyodkor” – “Fulad” uchrashuvidan oldin har ikkala jamoa menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda jamoalarning ertangi bahsda qanday rangli liboslarda harakat qilishiga ham oydinlik kiritib olindi. Bu haqda "qaldirg'ochlar" rasmiy tvitteri xabar berdi.

Unga ko'ra, “Bunyodkor” futbolchilari oq, darvozabon qora rangli liboslarda harakat qiladi. “Fulad” a'zolari esa qizil rangda to'p tepishsa, eronliklar posboni yashil rangli kiyimni kiyadi.

“Bunyodkor” – “Fulad” uchrashuvi 19 mart kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia