Bunyodkor Bunyodkorga qaytmoqda!

Narzulla Saydullayev
14 avg 2019, 19:58
Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov yana bir bor Bunyodkor stadioni va akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastavval Bunyodkor stadionining chimi ko'zdan kechirildi. Maydonning sifatini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutaxassislar bilan muhokama qilindi. Shundan so'ng Ravshan Ermatov Bunyodkor akademiyasiga ham tashrif buyurib, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, maydonlarning holati bilan tanishdi. Mas'ul mutaxassislarning fikrlari tinglandi, tegishli ko'rsatmalar berildi.

Ravshan Sayfiddinovichning tashrifi Bunyodkor muxlislari uchun yaxshi yangilik bilan yakunlandi. Barchani birdek xursand qiladigan xabar shuki, Bunyodkor Bunyodkorga qaytmoqda! Yani, jamoa endi uy uchrashuvlarini Bunyodkor stadionida o'tkazadi. Superliganing 18-turidan o'rin olgan, 26 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Bunyodkor - Lokomotiv o'yini Bunyodkor stadionida o'tkazilishi tasdiqlandi!

Aytish kerak, bu yangilik jamoa uchun mamlakatimiz hurlikka erishgan kun, Mustaqillik bayramiga sovg'a bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com