

Sparring raqibimiz – 2015 yil Xitoy chempionatida 5-o'rinni band etgan “Xenan Jiane” klubi bo'ladi.
“Bunyodkor” – “Xenan Jiane” uchrashuvi Dubaydagi “Jebel Ali” majmuasiga qarashli maydonda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkentda 17:00 bo'ladi) boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, “qaldirg'ochlar” bungacha Rossiya premer-ligasining uchta vakili bilan kuch sinashdi. “Anji” 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratildi, “Amkar” bilan 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Moskvaning “Lokomotiv” klubiga 0:3 hisobida imkoniyat boy berildi.



