

Avval xabar berganimizdek, Toshkentdagi uchrashuvga boradigan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida avtomashinalarga Namangan viloyati hokimligi, Namangan shahar hokimligi va klub rahbariyati tomonidan bepul gaz quyib beriladi. Avtomobilingizga gaz quyib berilishi uchun o'yin kuni yani 3 oktyabr kuni soat 8:00dan 12:00gacha sizga Muxlislar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Farhod Umaraliev tomonidan kartochka beriladi. Kartochkani stadionni oldidagi avtostoyanka yoki zapravkada (qaysi zapravka ekanligini kanalimiz orqali ma'lum qilamiz) olishingiz mumkin. Kartochkani olish uchun sizda va siz bilan hamroxlik qiladigan muxlislarda quyidagilar bo'lishi shart:
Navbahor atributkalari, bayroq, sharf yoki jamoamiz logotipi tushirilgan qizil kepka.
Avtomobil salonida o'tiradigan besh nafar (shafyorda ham) muxlisda jamoa ramzi hisoblangan qizil libos bo'lishi shart!
QAYTARAMIZ, SIZDA YUQORIDA KELTIRILGANIDEK QIZIL LIBOS BO'LISHI SHART!
Sizda yuqorida sanab o'tilganlar bo'lsagina, klub tomonidan bir martalik gaz zaprafkaga bepul kartochka beriladi. Kartochkani esa Muxlislar bilan ishlash bo'limidan olishingiz mumkin.
Muxlislarimizga shuni aytib o'tmoqchimizki, jamoamiz Navbahorni navbatdagi turda munosib tarzda qo'llab-quvvatlash maqsadida ana shu jixatlarga e'tibor qilmoqdamiz va aytib o'tilgan jixatlar sizda bo'lishi lozim. Barcha muxlislarimizni navbatdagi turda bo'ladigan qiziqarli uchrashuvda sevimli jamoamiz Navbahorga o'n ikkinchi o'yinchi bo'lib, lochinlarni munosib tarzda qo'llab-quvvatlash uchun va shu bilan birgalikda shiddatli bahsni stadiondan turib tomosha qilish uchun poytaxtdagi Milliy o'yingohga chorlab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, Bunyodkor - Navbahor uchrashuvi 3 oktyabr kuni soat 20:00da boshlanadi.



