"Bunyodkor" Antaliyaga qanday tarkib bilan yo'l oldi?

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2025
Superliga klublarining navbatdagi yig'inlari xorijda davom etadi.

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun tongda Antaliyaga yo'l oldi.  Xabar berganimizdek, jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazadi. Hozirgina Toshkentdan Antaliya sari parvoz qilgan "qaldirg'ochlar" 26 fevralga qadar qardosh yurtda shug'ullanadi. Albatta yig'in doirasidan bir nechta nazorat uchrashuvlari ham o'rin olgan. Bu haqda keyinroq. Hozir safarga yo'l olgan delegaciya a'zolari bilan tanishishingiz mumkin. Oldinga o'tib shuni ma'lum qilamizki, bosh murabbiy Ilyos Zeytullaev, murabbiy Bobur Zuhriddinov Belgiyada davom etayotgan Pro licenziyasi kurslarini, futbolchilar Hamidullo Abdunabiev, Odiljon Hamrobekov, Azizjon Amonov va Asadbek Rahimjonov milliy terma jamoani yig'inini yakunlab jamoa safiga qo'shiladi.

Delegaciya a'zolari

Murabbiylar shtabi va personal xodimlar

Jamoa menejeri - Islomjon Xodjaev

Murabbiy – Sergey Arslonov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar – Alessandro Spinoglio, Andres Karlo Moauro

Darvozabonlar murabbiyi – Botir Nosirov

Tahlilchilar – Karlo Alberto Bertone, Dmitriy Kraev

Shifokor – Rustam Yusupov

Massajchilar – Aziz Rizboev, Ruslan Shamsutdinov

Bosh mamur – Davron Saidov

Mamur – Tohir Solixov

Matbuot kotib – Furqat Nishonov


Futbolchilar 

Darvozabonlar - Abdumavlon Abdujalilov, Bogdan Odinaev

Himoyachilar – Najmiddin Normurodov, Nikolaz Mali, Marko Bugarin, Itsuki Urata, Boburbek Yo'ldoshev, Aleksandr Zevadinov, Shorahim Shorahmedov, Oybek Shomurodov, Jahongir Fozilov

Yarim himoyachilar – Mirkamol Annamatov, Rasul Yo'ldoshev, Muzaffar Olimjonov, Amir To'raqulov, Nosirjon Abdusalomov, Boburbek Yorbekov, Sardor Abdunabiev

Hujumchilar – Luis Kachorri, Imeda Ashortia, Temurxo'ja Abduxoliqov, Farruxjon Qodirov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати