

Bugun akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat yana bir jamoa Rossiyaning Krasnodar shahriga yo'l oldi. Temur Boboxonov murabbiyligidagi jamoa ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Vaxrushev xotira turnirida ishtirok etadi. Xalqaro turnirda akademiyalar sharafini 2003 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar himoya qiladi.
Musobaqa ertaga start oladi.
"Bunyodkor" musobaqadagi ishtirokini A guruhida boshlaydi. Guruhdan Krasnodar (Rossiya), Dinamo-Mins (Belorus) va Chertanovo (Rossiya) futbol akademiyalari jamoalari joy olgan.
Musobaqa taqvimi
18 mart (dushanba)
Chertanovo - Bunyodkor
19 mart (seshanba)
Bunyodkor - Dinamo-Minsk
20 mart (chorshanba)
Krasnodar - Bunyodkor
Bunyodkor-2003 jamoasi tarkibi
1. Jamol G'ulomov
2. Behruz Hamidullaev
3. Maqsudbek Mahmudov
4. Ibrohimbek Bahodirov
5. Jahongir Fozilov
6. Oybek Shomurodov
7. Abduqodir Xusanov
8. Tohir To'xtasinov
9. Deler Qo'ziboev
10. Umarali Rahmonaliev
11. Sherzod Mirzajonov
12. Ulug'bek Raimov
13. Muhammadbobur Asadullaev
14. Shahzod Akbaraliev
15. Mirfayz Jumaev
16. Elbek Bo'riev
17. Saidmurod Karimov
18. Umidbek Sultonov
Bosh murabbiy: Temur Boboxonov
Shifokor: Xusan Yo'ldoshev
Delegaciya rahbari: Vadim Shodimatov



