"Bunyodkor" 7 yildan buyon "Qizilqum"ni mehmonda yuta olmayapti

Iskandarov Abdulaziz
23 avg 2025, 11:50
Navoiyliklar "qaldirg'ochlar" uchun oxirgi yillardagi qiyin raqib bo'lib qolmoqda.

Superliganing navbatdagi turida Navoiyda "Qizilqum" bilan kuch sinashgan "Bunyodkor" 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Toshkent klubi oxirgi marotaba Navoiydan 2018 yilgi mavsumda 3 ochko bilan ortga qaytgandi. Keyingi 7 ta uchrashuvda "oltin izlovchilar" 5 g'alaba, 2 durang qayd etgan. 

Ilyos Zeytullaev shogirdlarining keyingi uchrashuvi 27 avgust kuni mamlakat kubogi chorak finalida "Buxoro"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia