Bununing tovon puli – 50 million evro. JCH yulduziga "Bavariya" qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
17 dek 2022, 13:02
"Bavariya" hamon "Sevilya" posboni Yassin Bunuga qiziqish bildirmoqda.

"Sevilya" 31 yoshli marokashlik darvozabonni yanvar oyida kamida 50 million evroga sotishga tayyor.

Aynan mana shu miqdor Bununing ispan klubi bilan kelishuvida tovon puli sifatida ko'rsatilgan, deb xabar berdi "Marca".

Bir necha oy oldin darvozabon "Sevilya" bilan bitimini 2025 yilgacha uzaytirgandi.

"Bavariya" Bunuga oyog'i singani tufayli mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydigan Manuel Noyerga o'rinbosar sifatida qaramoqda.

Eslatib o'tamiz, Bunu va Marokash bugun 3-o'rin uchun bahsda Xorvatiya bilan to'qnash keladi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca