Bundesliga sobiq to'purari KXDR bosh murabbiyi?

Aslanov Jasurbek
12 may 2016
Bundesliga sobiq to'purari, "Ayntraxt" eks futbolchisi Yorn Andersen KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi uning oilasi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis JCH-2018 yo'llanmasi uchun kurashdan chiqqan jamoa bilan bir yillik shartnoma tuzgan.

Andersen murabbiylik faoliyati davomida Shvecariya, Germaniya, Gretsiya klublarida ishlagan. Uning so'nggi ish joyi Avstriyaning "Zalcburg" bo'lgan va u 2015 yilning dekabrida klubni tark etgan.

Norvegiyalik Yorn Andersen 1989-1990 mavsumda "Ayntraxt" safida 18 ta gol urib Bundesligadagi birinchi chet ellik to'purar nomiga sazovor bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, KXDR 2019 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail