Bundesliga. "Leyptsig" va "Bayer" o'rtasidagi o'yin taqdirini bitta gol hal qildi

31 yanv 2021, 00:47
Leverkuzenning "Bayer" klubi Germaniya chempionatining 19-turida "Leyptsig" maydonida mehmon bo'ldi.

Biroz avval yakuniga etgan bahsda mezbonlarning qo'li baland keldi. "Leyptsig"ga g'alaba keltirgan gol Kristofer Nkunkuning nomiga yozildi.

TURNIR JADVALI

RB Leyptsig – Bayer 1:0 

30 yanvar, 22.30, "Red Bull Arena Leyptsig"

Gol:

1:0 – 51 Nkunku.

RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Upamekano, Mukiele (Aydara, 81), Anxelino (Xalstenberg, 90), Adams, Kampl (Orban, 81), Zabitcer, Olmo, Nkunku (Klyuyvert, 70), Serlot (Poulsen, 70).

Bayer – Gradecki, Fosu-Mensa (Alario, 81), Ta, Tapsoba, Vendell, Sinkgraven (Shik, 59), Arangis, Demirbay, Virtc, Beyli, Diabi (Belarabi, 59).

Ogohlantirishlar:

Belarabi (60), Beyli (75), Klyuyvert (90), Aydara (90).


Matluba Mustaeva

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia