Bundesliga klubi xo'jayini Germaniya futbol ittifoqiga yangi rahbar etib tayinlandi

Eldor Akmurzayev
28 sen 2019, 01:10
Frayburg prezidenti Fric Keller Germaniya futbol ittifoqining yangi rahbari sifatida saylandi.

62 yoshli Keller ovoz berish jarayonida yagona nomzod sifatida ko'rsatilgandi. U mazkur lavozimda Raynxard Grindelning o'rnini egalladi.

Ma'lum bo'lishicha, Grindel  UEFA vice-prezidenti Grigoriy Surkisdan sovg'a sifatida olgan qimmatbaho soat sabab vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, Grindelning iste'fosi bo'yicha batafsil ma'lumot saytimiz orqali berilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: dfb.de