Bundesliga. "Borussiya" yutdi, "Bavariya"da esa nimadir bo'lyapti

Mirjalol Normatov
29 fev 2020, 21:31
Bundesliganing 24-turida "Borussiya" o'z maydonida g'alabaga erishdi.

"Xoffenxaym" o'z maydonida "Bavariya"ni qabul qilmoqda. Bahsning 76-daqiqasida myunxenliklar muxlislarining katta etirozlari va ko'tarib olgan bannerlari sababli uchrashuv to'xtab qoldi. Keyinchalik jamoalar maydonga qaytishdi va to'pni shunchaki tepib maydonda aylanib yurishibdi. Futbolchilar o'z raqiblari bilan istagancha paslar oshirib, o'zlarining janglyorlik mahoratlarini ham ko'rsatishmoqda. Hakamlar o'yinning yakunini kutishmoqda.

24-tur

Augsburg – Borussiya M 2:3

VVK-Arena

Gollar: 0:1 – 49 Bensebayni, 0:2 – 53 Shtindl, 1:2 – 57 Leven, 1:3 – 79 Shtindl, 2:3 – 83 Finnbogason.

Augsburg – Koubek, Gaueleu, Lixtshtayner (Framberger, 46), Maks, Edvay, Leven, Grueso, Rixter (Kordova, 86), Xedira (Finnbogason, 73), Vargas, Niderlexner.

Borussiya M – Zommer, Layner, Elvedi, Ginter, Bensebayni, Noyxaus, Shtrobl (Kramer, 75), Zakariya, Xofmann, Tyuram (Plea, 46), Shtindl (Embolo, 86).

Ogohlantirish: Lixtshtayner (1), Bensebayni (12), Gaueleu (31), Ginter (76), Edvay (90).

 

Xoffenxaym – Bavariya 0:6

PreZero-Arena

Gollar: 0:1 – 2 Gnabri, 0:2 – 7 Kimmix, 0:3 – 15 Zirkzee, 0:4 – 33 Koutino, 0:5 – 47 Koutino, 0:6 – 62 Goretcka.

Xoffenxaym – Baumann, Cuber (Kramarich, 46), Nordtveyt, Xyubner, Grillich, Baumgartner, Bruun Larsen (Lukas Ribeyro, 30), Skov, Bebu, Samasseku (Akpoguma, 73), Rudi.

Bavariya – Noyer, Pavar, Alaba, Boateng (Tolisso, 46), Kimmix, Gnabri, Devis (Lyuka Ernandes, 63), Koutino, Alkantara, Zirkzee, Myuller (Goretcka, 56).

 

Maync – Paderborn 2:0

Opel-Arena

Gollar: 1:0 – 29 Kvayson, 2:0 – 37 Onisivo.

Maync – Centner, Bruma, Per-Gabriel (Kunde, 64), Niakate, Mvene, Baku, Oztunaly (Fernandesh, 74), Onisivo, Barreyro, Kvayson, Mateta (Salai, 84).

Paderborn – Cingerle, Shonlau, Kollinz, Shtrodik, Yans (Mixel, 72), Fridounsson, Antvi-Adjey (Yastshembski, 56), Vasiliadis, Gyasula (Sabiri, 56), Preger, Srbeny.

Ogohlantirish: Onisivo (31), Gyasula (41), Vasiliadis (57), Mixel (90).

 

Borussiya D – Frayburg 1:0

Signal Iduna Park

Gol: 1:0 – 15 Sancho.

Borussiya D – Byurki, Zagadu, Xummels (Akandji, 46), Pishchek, Xakimi, Sancho, Vitcel, Azar (Reyna, 81), Djan, Brandt (Xoland, 63), Gerreyru.

Frayburg – Shvolov, Gulde, Gyunter, Xaync (Shlotterbek, 86), Shmid, Xefler, Xaberer (Kaytel, 46), Shallai (Xeler, 70), Grifo, Linxart, Petersen.

Ogohlantirish: Jan (68).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia