Bundesliga. Zaxiradan tushgan Holand xet-trikka erishdi va “Borussiya D” kambek ko'rsatdi. Boshqa natijalar

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2020, 21:25
Germaniya chempionati 18-turidan o'rin olgan bir qator qator bahslar bo'lib o'tdi.

“Augsburg” – “Borussiya D” o'yinida muxlislar 8ta gol ko'rishdi. Maydon egalari 55 daqiqaga kelib, 3:1 hisobida oldinga o'tib oldi. Keyin esa haqiqiy drama boshlandi. 56 daqiqada Lukash Pishchekning o'rniga maydonga tushib, yangi jamoasidagi ilk rasmiy debyutini amalga oshirgan Erling Holand 120 soniyada “arilar” tarkibidagi birinchi golini ham urishga erishdi. So'ngra, Jeydon Sancho oradagi muvozanatni tikladi – 3:3. 

70 hamda 79 daqiqalarda yana 19 yoshli Holand raqib darvozasini ishg'ol etib, xet-trikka erishdi va jamoasiga chiroyli g'alabani taqdim etdi. 

Shu tariqa, Lyusen Favr shogirdlarlari 1:3ni 5:3ga aylantirib, ochkolari sonini 33taga etkazgan holda jadvalda 4-o'ringa ko'tarildi. 


Augsburg – Borussiya D 3:5 (1:0, 2:5)

VVK-Arena

Gollar: 1:0 – 34 Niderlexner, 2:0 – 46 Rixter, 2:1 – 49 Brandt, 3:1 – 55 Niderlexner, 3:2 – 59 Xoland, 3:3 – 61 Sancho, 3:4 – 70 Xoland, 3:5 – 79 Xoland.

Augsburg – Koubek, Lixtshtayner, Edvay, Gaueleu, Maks, Yensen (Leven, 74), Bayer (Sarenren-Bazee, 85), Vargas, Xedira, Rixter, Niderlexner.

Borussiya D – Byurki, Pishchek (Xoland, 56), Akandji, Xummels, Xakimi, Brandt, Vitcel, Azar (Reyna, 72), Sancho, Roys (Daud, 80), Gerreyru.

Ogohlantirishlar: Brandt (76).


Keln – Volfsburg 3:1 (2:0, 1:1)

Reyn Energi Shtadion

Gollar: 1:0 – 22 Kordoba, 2:0 – 45 Kordoba, 3:0 – 62 Xektor, 3:1 – 66 Shteffen.

Keln – Xorn, Yakobs, Bornauv, Exizibue, Xektor, Katterbax, Sxiri, Chixos, Kordoba (Modest, 88), Ut (Risse, 78), Tilmann (Dreksler, 73).

Volfsburg – Kastels, Russiyon, Tisseran, Bruks, Mbabu, Gilavogi (Mexmedi, 86), Brekalo (Joao Viktor, 77), Arnold, Shlager, Vegorst, Ginchek (Shteffen, 57).

Ogohlantirishlar: Bruks (19), Shlager (25), Tilmann (66), Xektor (81), Yakobs (86), Vegorst (89).


Maync – Frayburg 1:2 (0:2, 1:0)

Opel-Arena

Gollar: 0:1 – 28 Kvon Chxan Xun, 0:2 – 41 Petersen, 1:2 – 82 Mateta.

Maync – Centner, Niakate, Xak, Aaron Martin, Per-Gabriel (Brosinski, 70), Oztunaly (Salai, 73), Kunde, Boetiyus, Baku (Onisivo, 46), Kvayson, Mateta.

Frayburg – Shvolov, Kox, Gulde, Gyunter, Shmid, Abrashi, Xaberer (Frantc, 74), Kvon Chxan Xun (Grifo, 75), Xaync, Petersen, Xeler (Linxart, 90).

Ogohlantirishlar: Baku (26), Xaberer (37), Xak (40), Kunde (51), Abrashi (81), Niakate (82).


Fortuna – Verder 0:1 (0:0, 0:1)

Merkur Shpil-Arena

Gol: 0:1 – 66, avtogol Kastenmayer.

Fortuna – Kastenmayer, Xoffmann, Ayxan, Zuttner, Cimmermann, Morales (Shteger, 71), Bodzek, Fink (Ampoma, 79), Skribski, Xennings, Kovnacki (Tommi, 63).

Verder – Pavlenka, Fogt, Toprak (Velkovich, 71), Moysander, Fridl, Shaxin, Klassen, Rashica, Eggeshtayn, Bitenkur (Goller, 80), Sardjent (Osako, 86).

Ogohlantirishlar: Shaxin (29), Eggeshtayn (60), Fink (66), Moysander (72), Fridl (72), Shteger (72), Xoffmann (90), Bodzek (90).

Chetlatish: Moysander (90).


Xoffenxaym – Ayntraxt F 1:2 (0:1, 1:1)

PreZero-Arena

Gollar: 0:1 – 18 Dost, 1:1 – 48 Stafilidis, 1:2 – 62 Chendler.

Xoffenxaym – Pentke, Posh (Lokadiya, 82), Stafilidis, Xyubner, Nordtveyt, Baumgartner, Grillich, Gayger (Adamyan, 69), Rudi, Bebu (Dabbur, 46), Kramarich.

Ayntraxt F – Trapp, Abraam, Xinteregger, Ture, Chendler (da Koshta, 82), Kostich, Rode, Gachinovich (Kor, 85), Sou, Ndika, Dost.

Ogohlantirishlar: Posh (65), Xyubner (76), Dost (89), Kor (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia