BUM! "Real" 2025 yilgi klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmoqchi emas

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2024, 13:29
FIFA 2025 yilda 32 ta jamoa ishtirokida klublar o'rtasidagi Jahon chempionatini o'tkazmoqchi.

Yevropa chempionlar ligasining amaldagi g'olibi Madridning "Real" klubi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmaydi. Anchelottining aytishicha Madrid klubi FIFA taklifini rad qiladi va AQSHga bormaydi. Bunga sabab sifatida mukofot jamg'armasining kamligi ko'rsatilmoqda.

"Real" bitta o'yin uchun AQSHga borsa 20 mln evro ishlab topadi. FIFA esa bizga butun turnir uchun shuncha pul berishmoqchi. Uzr", - dedi Anchelotti. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Relevo