Bugungi futbol uchrashuvlari anonsi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2014, 16:53
Bugun tunda Yevropaning bir qator milliy chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari start oladi.
Quyida ushbu o'yinlar haqida qisqa ma'lumot berib o'tamiz.

Bugun Germaniya chempionatining 22-turida "Shalke 04" o'z maydonida "Maync"ni qabul qiladi.



Uchrashuv qiziqarli va qizg'in kurashlar boy kechishi aniq. Sababi, har ikkala jamoa ham turnir jadvalida yuqori pog'onalar uchun kurash olib borishmoqda. "Maync" ushbu o'yinda g'alabani qo'lga kirita olsa, turnir jadvalida kuchli beshlik tomon dadil qadam tashlaydi. "Shalke" so'nggi o'yinlarda o'zining eng yuqori sifatlarini namoyish etib, o'z suyuklilarini quvontirishda davom etmoqda. Gelzenkirxenliklar o'tgan turda "Bayer"ni mehmonda taslim etishgani ham so'zimizga isbot bo'la oladi. "Shalke" tarkibida yaqindagina jarohatdan qaytgan Klass-Yan Xuntelar o'z sport formasini tiklab bormoqda va raqib darvozasini birin-ketin nishonga olishda davomlamoqda.

Yens Keller shogirdlari to'rt uchrashuvdan buyon faqat g'alaba qozonib kelishmoqda. Ushbu o'yinda Tomas Tuxel jamoasini jiddiy sinov kutib turibdi.

Shuningdek bugun yana bir qator futbol bahslari bo'lib o'tadi.



Ispaniya La-Ligasining 25-tur o'yinlariga start beriladi. Unda "Valyadolid" o'z uyida "Levante"ni mehmon qiladi.
Fransiya divizionida 26-tur o'yini bo'lib o'tadi. Chempionatda ikkinchi pog'onada borayotgan "Monako" "Reyms" bilan o'zaro hisob-kitob qilib oladi.

Bugungi o'yinlar anonsi:
Bundesliga, 22-tur.
"Shalke" - "Maync" (00:30 NTV-PLYUS Futbol)
Hakamlar
: Peter Gagelmann, Mattias Anklam, Tomas Gornyak, Gvido Vinkmann.
Taxminiy tarkiblar:
"Shalke": Fermann, Matip, Xevedes, Santana, Kolashinac, Draksler, Farfan, Noyshtedter, Mayer, Boateng, Xuntelar.
"Maync": Karius, Bell, Dias, Pak Chju Xo, Pospex, Noveski, Gu Chja Chxol, Nikolay Myuller, Gays, Moritc, Okazaki.
Birinchi davradagi o'yin: ("Maync" - "Shalke" 0:1)

Ispaniya La-Ligasi, 25-tur.
"Valyadolid" - "Levante" (01:00 NTV-PLYUS Futbol2)
Birinchi davradagi o'yin:
("Levante" - "Valyadolid" 1:1)



Fransiya divizioni, 26-tur.
"Monako" - "Reyms" (00:30)
Birinchi davradagi o'yin:
("Reyms" - "Monako" 1:1)

Gollandiya chempionati, 25-tur.
"Den Xaag" - "Gou Exed" Igls (00:00)
Birinchi davradagi o'yin:
("Gou Exed Igls" - "Den Xaag" 2:1)

Portugaliya chempionati, 20-tur.
"Akademika" - "Nasional" (01:00)
Birinchi davradagi o'yin:
("Nasional" - "Akademika" 1:0)

Turkiya chempionati, 22-tur.
"Bursaspor" - "Rizespor" (23:00)
Birinchi davradagi o'yin:
("Rizespor" - "Bursaspor" 2:1)


Shahboz Beg'amov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia