Bugungi finaldan oldin Marselo qanday fikrda?

Tolibjon Qosimov
16 dek 2017, 12:33
"Real" himoyachisi Marselo jamoa o'z oldiga musobaqada g'alaba qozonishni maqsad qilib qo'yganini ma'lum qildi.

"Qaymoqranglilar" finalda Braziliyaning "Gremio" klubi bilan bellashadilar.

"Men motivaciya qilishda o'tmishga qaramayman. Futbolda xotira kam bo'ladi. Eng muhim sovrin - hamisha keyingisi. Uchinchi bor klublar o'rtasida Jahon chempionatini yutish - bu chaqiruv. Lekin, biz boshqa jamoalarga qaramaymiz, nima kerak bo'lsa o'shani qilamiz. Raqibni ular bizni hurmat qilgani kabi hurmat qilish kerak. G'alaba qozonish uchun hamma narsa qilish lozim", - dedi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com