Bugun yoshlarimiz Saudiyaga qarshi ikkinchi uchrashuvida maydonga tushadi

Khoja
3 yanv 2025, 07:44
Ayni kunlarda O'zbekiston U-20 terma jamoasi Qatarda yig'in o'tkazmoqda.

Yig'in davomida Farhod Nishonov shogirdlari bugun Saudiya Arabistoniga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi o'rtoqlik uchrashuvida yoshlarimiz raqiblarini 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Jamoamiz safidagi gollarning har ikkisini ham Muhammadali O'rinboev tomonidan kiritilgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia