

Toshkent vaqti bilan 19 iyunga o'tar kechasi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kanada - Qatar uchrashuvi bo'lib o'tdi. "V" guruhidan o'rin olgan ushbu bahs Vankuvyerdagi (Kanada) "Bi-Si Pleys" stadionida o'tkazildi va kanadalik futbolchilarning 6:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlandi.
G'oliblar tarkibida hujumchi Jonatan Devid xet-trik rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, Devid 1966 yildan buyon jahon chempionatlarida mezbon mamlakat terma jamoasi safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi bo'ldi. Bu dunyo birinchiliklari tarixidagi atigi oltinchi shunday holatdir.
Bundan tashqari, u 1930 yildan beri KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika) mintaqasidan jahon chempionati bahslarida xet-trik muallifiga aylangan birinchi futbolchiga aylandi. O'shanda ushbu natijani amerikalik Bert Pateno qayd etgan edi.



