"Chelsi" "Yuventus" hujumchisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
9 noya 2025, 12:15
Londonning "Chelsi" klubi "Yuventus"ning kanadalik 25 yoshli hujumchisi Jonatan Devid bilan shartnoma imzolash haqida o'ylamoqda.

Devidga "Chelsi"dan tashqari yana bir London klubi - "Tottenxem" ham da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq kanadalik hujumchi Fransiyaning "Lill" klubida o'ynagan.

Devid joriy mavsumda "Yuventus" safida A Seriyada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk