

2023/24 mavsum Bundesliga bahslarida umuman mag'lub bo'lmagan "Bayer" Germanya Superkubogi uchun "Shtutgart"ga qarshi bahs o'tkazadi.
Ushbu uchrashuvda "Bayer" amaldagi Bundesliga chempioni va Germaniya Kubogi g'olibi sifatida ishtirok etadi, "Shtutgart" esa chempionatda ikkinchi o'rinni olgani evaziga sovrin uchun ikkinchi da'vogar sifatida qatnashadi.
Bahs Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi. Uchrashuv 30 ming muxlisga mo'ljallangan "Bayer"ning "BayArena" o'yingohida o'tkaziladi.



