Bugun Rossiyada mavsum tugaydi. Kim ikkinchi o'rinni egallaydi?

Narzulla Saydullayev
13 may 2018, 15:02
Bugun Rossiya premer-ligasida mavsumning eng so'nggi 30-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Lokomotiv" muddatdan avval chempionlikka erishib bo'ldi. Ikkinchi o'rin taqdiri esa bugun hal bo'ladi.

Shuningdek, ligani tark etadigan ikkinchi jamoa nomi ma'lum bo'ladi. So'nggi o'rindagi SKA-Xabarovsk keyingi mavsumni quyi ligada boshlashi aniq. Bugun 15-o'rinni olgan klub ham SKA-Xabarovskka sherik bo'ladi. 13 va 14-o'rinni egallagan ikki klub esa quyi liga vakillari bilan pley-off uchrashuvi o'tkazishadi.

So'nggi tur o'yinlarining barchasi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

1-3-o'rinlar Chempionlar ligasi
4-6-o'rinlar Yevropa ligasi
13-14-o'rinlar pley-off
15-16-o'rinlar ligani tark etadi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia