Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Dubayda Yaponiya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2018, 11:47
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi BAAda bo'lib o'tadigan “Dubai cup” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ayni paytda Dubayda bo'lib turgan futbolchilarimiz kuniga ikki mahal mashg'ulotlar olib borishmoqda.
 
Bugun vakillarimiz ushbu musobaqadagi dastlabki o'yinni Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
 
Shuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 17 noyabr kuni BAA, 20 noyabr kuni Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
 
Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko'zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib borishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz