Bugun "Metallurg" safida "Paxtakor"dan ijaraga olingan olti futbolchi maydonga tushmaydi

Narzulla Saydullayev
19 apr 2018, 13:14
Bugun Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bu o'yinda "Metallurg" safida "Paxtakor"dan ijaraga olingan Zabihillo O'rinboev, Akbar Ismatullaev, Suhrob Nurulloev, Abbos Otaxonov, Javohir Sohibov va Saidjamol Davlatjonov maydonga tushishmaydi.

Ushbu futbolchilarning shartnomalarida o'z klubi qarshi o'ynamasligi borasida alohida band bor.

Ma'lumot uchun, ushbu mavsumda "Buxoro" safida "Bunyodkor"dan ijaraga olingan ikki futbolchi Ergash Ismoilov va Javohir Qahramonov "qaldirg'ochlar"ga qarshi bahsda ishtirok etishmagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia