Bugun klublar o'rtasidagi JCH boshlanadi

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2022, 09:38
Bugun Birlashgan Arab Amirliklarida klublar o'rtasidagi jahon chempionati start oladi.

Chempionat mezbon "Al Jazira" va Okeaniyaning (Taiti) "Pirae" jamoalari o'rtasidagi bahs bilan start oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Mazkur o'yin g'olibi 6 fevral kuni chorak finalda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga to'qnash keladi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur JCHda Yevropadan "Chelsi", Janubiy Amerikadan "Palmeyras" jamoalari ishtirok etishadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri yarim finaldan bahslarga kirishadi. JCHda yarim final bahslari 8 va 9 fevral kunlariga rejalashtirilgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia