Bugun klublar o'rtasidagi Jahon chempionati start oladi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2016, 08:10
Bugun, 8 dekabr kuni Yaponiyada klublar o'rtasidagi Jahon chempionati rasman start oladi.
8-18 dekabr oralig'ida Yaponiyaning Osaka va Yokogama shaharlarida barcha qitaning eng kuchli klublari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Bugun ilk uchrashuvda musobaqa mezboni “Kashima Antlers" klubi Okeaniya chempioni, Yangi Zelandiyaning "Oklend Siti" klubi bilan o'ynaydi.

Musobaqa ishtirokchilari:
Janubiy Amerika – Atletiko Nasional (Kolumbiya)
Yevropa – Real Madrid (Ispaniya)
Osiyo - Chonbuk Xyunday Motros (Janubiy Koreya)
Afrika – Mamelodi Saundauns (JAR)
Shimoliy Amerika - Amerika (Meksika)
Okeaniya – Oklend Siti (Yangi Zelandiya)
Mezbon – Kashima Antlers (Yaponiya)



Musobaqa taqvimi:
O'tish bosqichi
8 dekabr 15:30

“Kashima Antlers" (Yaponiya) - "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya)

1/4 final
11 dekabr 12:00

1) "Chonbuk Xyunday Motors" (Janubiy Koreya) - “Amerika” (Meksika)

11 dekabr 15:30

2) "Mamelodi Saundauns" (JAR) – O'tish bosqichi g'olibi

Beshinchi o'rin uchun
14 dekabr 12:30

Chorak final 1 mag'lubi - Chorak final 2 mag'lubi

Yarim final
14 dekabr 15:30

"Atletiko Nasional" (Kolumbiya) - Chorak final 2 g'olibi

15 dekabr 15:30
Chorak final 1 g'olibi - "Real Madrid" (Ispaniya)

Uchinchi o'rin uchun
18 dekabr 12:00

Yarim final 2 mag'lubi - Yarim final 1 mag'lubi

Final
18 dekabr 15:30

Yarim final 2 g'olibi - Yarim final 1 g'olibi
 

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia