Bugun Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2013, 11:11
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:45da Monakoda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlanadi.
Qur'a jarayonida 32 ta klublar UEFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratib chiqilgan. Bitta guruhda bir savatchadan o'rin olgan va bitta davlat sharafini himoya qiluvchi klublar to'qnash kelishmaydi.

Umumiy miqdorda guruh bosqichida 18 ta davlat klublari ishtirok etishadi. Angliya, Ispaniya va Germaniyadan to'rttadan klub guruh bosqichiga yo'l olishgan.


1-savatcha. BAVARIYA (Germaniya, YCHL g'olibi), BARSELONA (Ispaniya), CHELSI (Angliya), REAL (Ispaniya), MANCHESTER YUNAYTED (Angliya), ARSENAL (Angliya), PORTU (Portugaliya), BENFIKA (Portugaliya).

2-savatcha. ATLETIKO (Ispaniya), SHAXTER (Ukraina), MILAN (Italiya), SHALKE (Germaniya), MARSEL (Fransiya), SSKA (Rossiya), PSJ (Fransiya), YUVENTUS (Italiya).

3-savatcha. ZENIT (Rossiya), MANCHESTER SITI (Angliya), AYAKS (Gollandiya), BORUSSIYA D (Germaniya), BAZEL (Shveytsariya), OLIMPIAKOS (Gretsiya), GALATASAROY (Turkiya), BAYER (Germaniya).

4-savatcha. KOPENGAGEN (Daniya), NAPOLI (Italiya), ANDERLEXT (Belgiya), SELTIK (Shotlandiya), STYAUA (Rumyniya), VIKTORIYA (Chexiya), REAL SOSEDAD (Ispaniya), AUSTRIYA (Avstriya).


Savatchalarga ko'ra bir guruhdan “Bavariya”, “Yuventus”, “Manchester Siti” va “Real Sosedad” o'rin olishi mumkin. Yoki mana bunday guruh paydo bo'lishi mumkin: “Benfika”, “Shaxtyor”, “Bazel” va “Austriya”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia