

Kecha Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston kubogi finaliga yo'llanma olganidan xabaringiz bor. Bugun "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. Dastlabki uchrashuvda "qaldirg'ochlar" raqib maydonida 3:2 hisobida zafar quchishgandi. Javob bahsi bugun soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
Barcha futbol muxlislarini stadionga chorlab qolamiz.



