Bugun 16:00. O'zbekiston U16 - Yaman U16

Narzulla Saydullayev
29 sen 2013
Bugun Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bahslarining ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi.
1998 yilda tug'ilgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoamiz bugun Yaman o'smirlariga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.

Guruhda uchta jamoa ishtirok etishi va Osiyo chempionatiga bu guruh uchun bitta yo'llanma ajratilganini eslatib qo'ymoqchimiz. Yani, guruh g'olibigina qita chempionatiga yo'l oladi.

1-turda Yaman o'smirlari Falastin ustidan 3:1 hisobida zafar quchgandi. 2-turda Falastin O'zbekistonga 0:9 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu bois, bugungi o'yinda Olimxo'jaev shogirdlarini durang ham qita chempionatiga olib chiqadi, ammo barchamiz o'smirlardan faqat g'alaba kutamiz.

Barcha futbol ishqibozlarini ushbu o'yinga taklif qilamiz. Keling va o'smirlarimizni qo'llab-quvvatlang.


U-16 Osiyo chempionati-2014 saralash
V saralash guruhi
25 sentyabr, chorshanba
YAMAN – FALASTIN 3:1


27 sentyabr, juma
16:00 - FALASTIN - O'ZBEKISTON 0:9


29 sentyabr, yakshanba
16:00 - O'ZBEKISTON - YAMAN

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia