Bugalo va Shog'ulomov "Bunyodkor" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013, 09:27
Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, "qaldirg'ochlar" safida Pavel Bugalo va Alisher Shog'ulomov kabi futbolchilar mashg'ulot o'tkazishmoqda.

Tajribali posbon klub ustozi Mirjalol Qosimovdan klub safida mashg'ulotlarda qatnashib turishni so'ragan. Yakunlangan mavsumda "Guliston"da o'ynagan hujumchi Alisher Shog'ulomov esa ko'rikdan o'tmoqda.

"Nasaf"ga tegishli bo'lgan Jahongir Jiyamurodov hozircha "Bunyodkor" safida shug'ullanmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia