

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, 43 yoshli darvozabonni Lissabonning "Sporting" va Istanbulning "Beshiktosh" klublari taklif qilishgan edi.
Janluiji shuningdek rus va grek klublaridan taklif oldi. JiJi "Parma"ga qaytish uchun barcha takliflarni rad etdi. Darvozabon italyan klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Buffon 2020/21 yilgi mavsum so'nggida "Yuventus"dan ketdi va ayni damda erkin agent maqomida.



