Buffon: "Napoli" Yevropaning 10 ta kuchli jamoasi safiga kiradi"

Aziz Tukhtamuradov
21 dek 2014, 21:00
"Yuventus" darvozaboni Janluidji Buffon ertaga Doxada "Napoli"ga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan Italiya Superkubogi o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Napoli" Yevropaning eng yaxshi 10 ta jamoasidan biri hisoblanadi. Buni ular o'tgan yilgi Chempionlar Ligasida ham isbotlaganlar. Jamoa kerakli vaqtda bor e'tiborini o'yinga qarata oladi. Biz raqibimizni judayam hurmat qilamiz.

Agar ertaga g'alaba qozonmoqchi bo'lsak, dastlabki daqiqalardan boshlab hujum qilishimiz lozim bo'ladi", - deydi Buffon.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru