Buffon: "Fransiyada elkama-elka kurash ko'p, Italiyada esa ko'proq taktikaga e'tibor qaratishadi"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2018, 18:29
PSJ posboni Janluiji Buffon Fransiya chempionati va A Seriyani solishtirdi.

"Liga 1da elkama-elka kurash ko'proq, ammo texnik elementlar ham bor. Italiyada esa ko'proq taktikaga e'tibor beriladi.

PSJ bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqmoqchiman. Bu nima ekanligini his qilishni xohlayman. "Yuventus" bilan ikki marta finalda o'ynaganman, ammo har safar bizdan kuchliroq bo'lgan jamoalarga yutqazganmiz. Oxirigacha umid qilaman" - deydi Buffon.

Eslatib o'tamiz, 40 yoshli Buffon joriy mavsum oldidan PSJga o'tdi. Posbon va Fransiya klubi o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia