Buffon De Xeani dunyoning eng kuchlisi deb atamadi, Ter Shtegen esa...

Mirjalol Normatov
11 apr 2018
"Yuventus" darvozaboni Janluijji Buffon hamda "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen dunyoning eng kuchli darvozabonlari haqida gapirdi.

"Italiyalik darvozabonlarni sanamayman? Unda men uchun Yan Oblak ("Atletiko"), Keylor Navas ("Real"), Mark-Andre ter Shtegen ("Barselona"), Ederson ("Manchester Siti"), Manuel Noyer ("Bavariya") va Tibo Kurtua ("Chelsi") eng yaxshilari. Hech kimni yodimdan chiqarmadim menimcha", - dedi Buffon.

Shuningdek, "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen esa David de Xea ("Manchester Yunayted"), Janluiji Buffon ("Yuventus"), Manuel Noyer ("Bavariya"), Alisson ("Roma") va Edersonni ("Manchester Siti") zamonaviy futbolning eng kuchli darvozabonlari deb hisobladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sovsport.ru