Buffon – A Seriyada 650 ta o'yin o'tkazgan ilk futbolchi

18 okt 2020, 00:55
Turining "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon Italiya chempionati 4-turi doirasidagi "Krotone"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

LIVE  A Seriya. "Krotone" – "Yuventus" 1:1 (matnli translyatsiya) 

Shu tariqa 42 yoshli futbolchi Italiya A Serisida 650 ta o'yin o'tkazgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Qiziq jihati shundaki, bugungi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan "Yuve" futbolchilarining 7 nafari Buffon 1995 yilning noyabrida A Seriyada debyut qilgan paytda hali tug'ilmagan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta