Buffon 17 yil dunyoning eng qimmatbaho darvozaboni bo'lib turdi

20 iyul 2018, 07:39
“Roma” posboni Alisson “Liverpul”ga o'tdi.

Rim klubi futbolchi uchun dastlab 62,5 million evro ishlab oladi. Keyinchalik “Liverpul” rimliklarga yana 10 millionga yaqin bonus to'lashi mumkin.

Shu tariqa braziliyalik posbon futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylandi.

Ilgari bu rekord Janluiji Buffonga tegishli edi. “Yuventus” 2001 yili “Parma”dan salkam 52 million evroga Buffonni xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru