

"Levski" futbolchisi Ronaldo (Ronaldo Sezar Soares dos Santos)ning agenti Xulio Sezar Granxa mijozining "Rostov"ga o'tishi haqida gapirib o'tdi.

Agentning aytishicha, unga Rostov-na-Donu va klub infratuzilmasi maqul kelgan. Shuningdek, Granxa shartnoma imzolash jarayoni haqida ham ma'lumot bergan.
"Chiroyli shahar. Hammasidan ham ko'proq maqul kelgani klub infratuzilmasi, betakror shahar markazi va stadion - tariflashga til ojiz.
Ronaldoni ikkilantirgan holatlar bo'ldimi? Ha. Sababi orada bizga biroz g'alati ma'lumotlar yetib keldi. Biroq hozir barchasi joyida va Ronaldo Turkiyada tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning "Rostov"ga o'tishi - oldinga tashlangan qadam. Bizni barchasi qanoatlantirmoqda. Shartnoma qachon imzolanadi? Bugun yoki ertaga hujjatlar imzolanadi", - deya agentning so'zlaridan iqtibos keltiradi "RB Sport".



