

"Men hamisha 100 foizga borimni beraman va buni ten Xag ham biladi. Men ten Xag bilan gaplashdim va undan kechirim so'radim. U ketganidan hafsalam pir bo'ldi, unga yordam berishga urindim. Men gol urmadim, biz gollar urmadik va men uning iste'foga chiqarilgani uchun javobgarlikni his qilyapman", - deya Brununing so'zlarini keltirdi Fabricio Romano.
"Manchester Yunayted" ten Xag iste'foga chiqarilganini 28 oktyabr kuni e'lon qildi. Niderlandiyalik mutaxassis MYUni 2022 yilning aprel oyidan beri boshqarib kelayotgan edi.




