

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi klubining aql bovar qilmas taklifiga qaramay, Brunu Fernandesh Yevropada futbol o'ynashni davom ettirmoqchi. Bu borada futbolchi tomonidan yakuniy qaror qabul qilindi.
O'tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 57ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 20ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 50 mln evroni tashkil etadi.




