Brunu Alvesh faoliyatini Gretsiyada davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2021, 21:36
Portugaliyalik markaziy himoyachi Brunu Alvesh o'ziga yangi klub tanladi.

Jurnalist Nikolo Skira axborotiga ko'ra, 39 yoshli futbolchi Gretsiyaning "Apollon Smirnis" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Afina jamoasi portugaliyalik tajribali o'yinchi bilan 2022 yilning iyunigacha hamkorlik qiladi.

Alvesh "Zenit", "Portu", "Parma", "Fenerbaxche", "Reynjers", "Kalyari", AEK va boshqa klublarda to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira