39 yoshli Alvesh "Krotone"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
27 iyul 2021
Himoyachi Brunu Alvesh B Seriyada o'ynayotgan "Krotone"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Sport Italia" xabariga ko'ra, Portugaliya termasi bilan Evro chempionligiga erishgan futbolchi "Krotone" bilan bir mavsumlik shartnoma imzolaydi. Yaqin vaqtlar ichida futbolchi shartnoma imzolash uchun Apennin yarimoroliga tashrif buyuradi.

Futbolchi faoliyati davomida "Zenit", "Fenerbaxche" va "Portu" kabi jamoalarda harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia