
Shotlandiya Shimoliy Kubogi doirasida "Fort Uilyam" jamoasi o'z maydonida "Nern Kaunti" jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etdi va 73-o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Jamoa 840 kun deganda ilk g'alabasiga erishdi.
"Fort Uilyam" Shotlandiyaning beshinchi divizionida o'ynaydi. Yakunlangan mavsumda jamoaning to'plar nisbatidagi farq minus 221ni tashkil qildi.