“Breshiya” rahbari: “Fikrimdan qaytdim”

Eldor Akmurzayev
10 may 2020, 21:25
Massimo Chellino nega bunday qarorga kelganini quyidagicha izohladi:

– Fikrimni o'zgartirdim va boshqalarga qo'shildim, boisi, chempionatni tiklash sport hamda psixologik nuqtayi nazardan juda ham muhim hisoblanadi. Qarshi bo'lgan yagona narsam – neytral maydonlarda o'yin o'tkazish. Tushunaman, hozirda Lombardiyada vaziyat ijobiy emas, lekin “Breshiya” uchun uy uchrashuvlarini o'z ona shahri Mario Rigamontida o'tkazish juda muhim sanaladi.

Eslatib o'tamiz, “Breshiya” A Seriyaning 26 turidan keyin 16 ochko bilan oxirgi pog'onada turibdi. 17-o'rindagi “Jenoa” bilan oradagi farq esa 9 ochkoni tashkil etmoqda.

Avvalroq, Massimo Chellino koronavirusga chalingan edi va ko'p o'tmay u kasallikni engib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tutto Mercato