"Breshia" prezidenti o'z futbolchisini 300 million evroga baholadi

Alisher
29 okt 2019
"Breshia" prezidenti Massimo Chellino Yevropaning grand klublari jamoa yarim himoyachisi Sandro Tonali qiziqayotganligiga izoh berdi.

Qayd etish kerakki, 19 yoshli italiyalik o'yinchiga "Atletiko", PSJ va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.

- U "Breshia"da qolgani yaxshi deb o'ylayman. Bir kuni uning ota-onasi va agenti menga 50 million evro haqida gapirishdi.

Men esa ularga Tonalini 300 million evroga baholayotganligimni aytdim. Bu deganim uni sotishni xohlamayotganligimni anglatadi.

Agar Sandro men bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishsa, unga katta moliyaviy "qurbonlik"lar qilishga tayyorman, - deydi Chellino.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport