"Brentford" bosh murabbiyi: "David Rayya safimizga qaytmaydi va "Arsenal"da qoladi"

Sherzod Nurmatov
19 avg 2023, 10:39
"Brentford" bosh murabbiyi Tomas Frank darvozabon David Rayyaning kelajagini taxmin qildi.

"O'ylaymanki, bu kelishuv kelajakda to'liq yakunlanadi. O'ylaymanki, David "Arsenal"da faqat ijarada o'ynamaydi. Bu mening qarashim va tushuncham. Menimcha, darvozadagi o'rin uchun raqobat kuchli bo'lgan joyga ijaraga o'tish mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

Aniq bir narsa deyish qiyin. Ehtimol, Rayya ortga qaytar", – dedi Frank.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" darvozabonni David Rayyani "Brentford"dan 1 yilga ijaraga oldi, kelishuvda ispaniyalikni kelasi yozda sotib olish varianti ham ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic