"Brentford" "Arsenal" qiziqayotgan futbolchi uchun 80 mln. funt so'rayapti

Aslanov Jasurbek
1 yanv 2024, 19:52
"Brentford" Ayven Touni transferidan 80 mln. funt ishlab olmoqchi.

Hujumchi uchun asosiy da'vogarlardan biri "Arsenal" bo'lib turibdi. Futbolchining o'zi ham faoliyatini London klubida davom ettirishga qarshi emas, ammo talab qilinayotgan mablag' transfer amalga oshishiga halal berishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Brentford" forvardni qishda sotmoqchi emas va u bilan tovon puli belgilangan yangi bitim tuzmoqchi.

Eslatib o'tami, ayni damda Ayven Touni pul tikish bo'yicha reglamentni buzgani uchun diskvalifikaciyani o'tamoqda.

Touni o'tgan mavsum APLning 33ta o'yinida 20ta gol urib, liganing uchinchi to'purari bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen