Brendan Rojers: Keyingi safar YCHLga chiqsak yaxshiroq o'ynaymiz

Narzulla Saydullayev
10 dek 2014, 08:56
Liverpul ustozi Brendan Rojers YCHL 6-turida Bazel bilan durangdan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Endi keyingi yil YCHLga chiqish uchun kurashishimiz kerak. Kuchli to'rtlikdan u qadar uzoqda emamiz. Agar yo'llanmaga ega chiqsak keyingi mavsum yaxshiroq ishtirok etamiz.

Asosiy o'yinchilarimiz jarohat olgani pand berdi. Bugun maydonga tushganlar bor kuchlari bilan o'ynashdi.

Hakam Markovichni chetlatib xato qildi. Markovich raqib yuziga deyarli tekkani yo'q. Hakam faqat maydonda yuzini ushlab yotgan futbolchini ko'rdi xolos, – deydi Rojers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru