
Men futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Bugun "Liverpul" eng yaxshi jamoa bo'ldi. "Chelsi"ni esa g'alaba bilan tabriklayman.
Bugun ular jarima maydonchalari oldida ikkita "avtobus"ni joylashtirib qo'yishdi. Bizning g'alabalik odimimizga afsuski chek qo'yildi. "Liverpul" yana o'z yurishini boshqattadan boshlashga urinib ko'radi. Londonliklar bugun olti himoyachi bilan harakat qilishdi.
Bugun raqibimiz himoyadan o'ynadi. Ularni tarkibida bir qator kuchli futbolchilar bor. Lekin ularni uslublari himoyaviy sanaladi. Birinchi o'tkazib yuborilgan golda Jerardni ayblamoqchi emasmiz. Stiven Jerard fantastik o'yin ko'rsatmoqda. Klubimizning bu darajadagi o'yin ko'rsatishiga Stivining xizmatlari beqiyos. Jerard jamoamiz yetakchisi.