Breaking: "Real" "Liverpul" futbolchisini sotib olishga yaqin

Alisher
7 avg 2019, 10:43
"Liverpul" yarim himoyachisi Fabino Madridning "Real" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Transfer narxi 65 million evroni tashkil etadi. Mersisaydliklar bundan tashqari 10 million bonus sifatida qo'lga kiritishlari mumkin.

Fabino "Real" bilan 5 yil muddatga, yani 2024 yil yoziga qadar shartnoma tuzadi.

25 yoshli futbolchi "Liverpul"ga qadar "Riu Ave", "Real Madrid" va "Monako" klublarida o'ynagan.

Yarim himoyachi 2015 yildan buyon Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo