Breaking news. Maksim Shackix: "Rotor"da ish boshlayman"

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2019, 18:27
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shackix faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

Hamyurtimiz Volgogradning "Rotor" klubida Aleksandr Xackevichga yordam beradi. Bu haqda Maksim Shackix championat.asia saytiga ma'lum qildi. 

"Rotor"ga Xackevich bosh murabbiy etib tayinlanadi, men unga yordam beraman. Hozir qishki tanffus, ilk o'yinimiz 9 mart kuni bo'lib o'tadi", - deydi Shackix.  

Eslatib o'tamiz, Xackevich bunga qadar Minskning va Kievning “Dinamo” klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan. Belarusning o'smirlar va milliy terma jamoalarida faoliyat olib borgan. Shackix Kievning "Dinamo" klubida Xackevichga yordam bergan edi. 

Ma'lumot uchun, "Rotor" ayni paytda Rossiya birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Klub 25ta turdan so'ng 52 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia