Dinamo murabbiyi iste'foga chiqdi

3 sen 2018, 08:30
Kievning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xackevich iste'foga chiqdi.

Mutaxassis jamoasi Ukraina chempionati 7-turida o'z maydonida “Karpat” klubiga (0:2) imkoniyatni boy bergach, shunday qarorga keldi.

“Hali klub prezidenti bilan suhbatlashishim lozim. Ammo o'zim uchun qaror qabul qilib bo'ldim. Echinish xonasida men bilan birga ishlagan barcha yigitlarga o'z minnatdorchiligimni bildirdi”, dey murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Dinamo” sayti.

“Dinamo” ketma-ket to'rt uchrashuvdan buyon g'alaba qozona olmayapti. Ilgariroq kievliklar “Chernomorec” bilan (1:1) durang o'ynagan, YCHL pley off bosqichida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra, “Ayaks”ga imkoniyati boy berishgandi.

Ukraina premer ligasida “Dinamo” peshqadam “Shaxtyor”dan besh ochko ortda qolgan holda uchinchi o'rinni egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Динамо" ФК расмий сайти